Seni osmonimga olib ketaman (cover) teksti (qoshiq matni)
Mening shodligimsan, bolaligimsan,
Mening g’ussam o’zing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yo’q, kun yo’qdir, jonim!..
Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman...
Xato qildimmikan men erta kelib,
Yo sen adashdingmi kelib keyinmi?
Goho kimliging ham bo’lmaydi bilib,
Inim deymi seni, sevgilim deymi?
Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman...
O’ylamay deymanu o’ylamay bo’lmas,
O’tsang sen tomon bir bo’ylamay bo’lmas.
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
Mening ertagimsan, so’ylamay bo’lmas.
Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman!..
-
Seni osmonimga olib ketaman (cover) qo'shig'ining muallifi kim?
Seni osmonimga olib ketaman (cover) qo'shig'ining muallifi Xojiakbar Ruzmetov.
- Seni osmonimga olib ketaman (cover) qo'shig'ining ijrochisi kim?
Seni osmonimga olib ketaman (cover) qo'shig'i Xojiakbar Ruzmetov tomonidan ijro etilgan.