Birinchi Muhabbatim lyrics
Kecha oqshom falakda oy bo'zarib botganda
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda
Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uyg'otganda
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatimO'tdi yoshlik zavq bilan, gohi to'polon bilan
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan
Ayro ham tushdim ba'zan, qalb bilan iymon bilan
Lekin seni yo'qotdim, birinchi muhabbatim
Mangu g'aflatda qotdim, birinchi muhabbatimDunyo degan shundayin anglab bo'lmas sir ekan
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan
Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim
Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatimYo'lin yo'qotsa odam – muhabbatga suyangay
G'ussaga botsa odam – muhabbatga suyangay
Chorasiz qotsa odam – muhabbatga suyangay
Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim
Eslab bag'rim tig'layman, birinchi muhabbatimNido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim
Sirli tushlar ko'rib men bor dunyoni unutdim
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim
Yolg'iz Ollohim mening, birinchi muhabbatimXolbuki orzulardan judo ham bo'lganim yo'q
Oy kabi to'lganim yo'q, yulduzday kuyganim yo'q
Erta xazon gul kabi sarg'ayib, so'lganim yo'q
Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim
Eslab bag'rim tig'layman, birinchi muhabbatim
-
Who is the author of the song Birinchi Muhabbatim?
The song Birinchi Muhabbatim was written by Sherali Jo'rayev.
- Who sings the song Birinchi Muhabbatim?
The song Birinchi Muhabbatim is performed by Sherali Jo'rayev.