19 yil teksti (qoshiq matni)
Qismat hasratimga qo'ydi uch nuqta Ko'ksimni yondirdi lovullagan cho'g' Bitta ko'rib olay bir nafas to'xta Ko'zingni men qaytib ko'ramanmi yo'q
To'xta qaytib beray mehringni ol ma
Endi begonasan jonim tasadduq
Xalaqit bermayman havotir olma
Sen tushgan joylarga kelamanmi yo'qHay hay o'lan jon o'lan jonim o'lan
Yor yor aytib yuray to'yingda sho'x sho'x
Lekin birov ko'rsa nima der ekan
Shunchun to'yinga ham boramanmi yo'q (x2)Xohlasang qalbimni qoldiray to'liq
Endi mega ko'ngil kerak bo'lmasov
Men yana birovni sevamanmi yo'q
Afsus afsuslar ham anduhdek malolTo'g'ri nishoniga bari tekkan o'q
Yaxshisi yig'latma kel kuldiraqol
Kim biladi boshqa kulamanmi yo'qHay hay o'lan jon o'lan jonim o'lan
Yor yor aytib yuray to'yingda sho'x sho'x
Lekin birov ko'rsa nima der ekan
Shunchun to'yinga ham boramanmi yo'q (x2)Faqat sen baxt suyar bo'lishing kerak
Menman bilga bo'lar ko'nglingni qil to'q
O'n to'qqiz yoshimda qon bo'ldi yurak
Hali yigirmaga kiramanmi yo'qHay hay o'lan jon o'lan jonim o'lan
Yor yor aytib yuray to'yingda sho'x sho'x
Lekin birov ko'rsa nima der ekan
Shunchun to'yinga ham boramanmi yo'q
-
19 yil qo'shig'ining muallifi kim?
19 yil qo'shig'ining muallifi Jaloliddin Ahmadaliyev.
- 19 yil qo'shig'ining ijrochisi kim?
19 yil qo'shig'i Jaloliddin Ahmadaliyev tomonidan ijro etilgan.